GitHub Discussions bilan yasalgan izohlar tizimi. GitHub orqali web saytingizda izoh va reaksiyalar qoldirish imkoniyatini yarating! utterances dan qattiq ilhomlanilgan.
- Open source. 🌏
- Kuzativ, rekalamalarsiz, abadiy tekin. 📡 🚫
- Ma'lumot bazalari kerak emas. Hamma ma'lumot GitHub Discussions'ga joylanadi.
- O'zga ko'rinishlar qo'llab quvvatlaydi! 🌗
- Boshqa tillarni ham qo'llab quvvatlaydi. 🌐
- Istagancha sozlab olish mumkin. 🔧
- GitHubdan avtomatik tarzda yangi izohlarni yuklab oladi. 🔃
- O'zingizda o'rnatishingiz mumkin! 🤳
Eslatma giscus hali faol rivojlanish jarayonida. GitHub ham Discussions va uning API'larini faol rivojlantirishda davom etmoqda. Shu sababli, giscusning ba'zi xususiyatlari vaqt o'tishi bilan ishlamay qolishi yoki o'zgarishi mumkin.
Giscus yuklanganda, sahifaga mos muhokama topish uchun GitHub Muzokaralari qidiruv API dan foydalaniladi, bu tanlangan xarita (URL, pathname, <title> va boshqa) parametrlarga asoslangan. Agar mos keladigan muhokama topilmasa, giscus boti birinchi marta kimdir izoh yoki reaktsiya qoldirganda avtomatik ravishda muhokama yaratadi.
Izoh qoldirish uchun tashrif buyuruvchilar GitHub OAuth oqimi orqali giscus ilovasini o'zlarining nomidan xabar yuborishga ruxsat berishlari kerak. Boshqa tomondan, tashrif buyuruvchilar to'g'ridan-to'g'ri GitHub Muzokarasida izoh qoldirishlari mumkin. Siz GitHub'da izohlarni moderatsiya qilishingiz mumkin.
Agar giscusni ishlatayotgan bo'lsangiz, GitHubda yulduzcha 🌟 qoldirishni va o'zingizni repozitoriyangiz da giscus
topigini qo'shishni unutmang! 🎉
Qo'shimcha sozlamalarni (masalan, ma'lum kelayotgan manzillariga ruxsat berish) kengaytirilgan foydalanish bo'yicha qo'llanmani kuzatib, qo'shishingiz mumkin.
React, Vue yoki Svelte bilan giscus'dan foydalanish uchun, giscus komponent kutubxonasini ko'rib chiqing.
Agar siz avval GitHub Issues'dan foydalanadigan boshqa tizimlarni ishlatgan bo'lsangiz (masalan, utterances, gitalk), siz mavjud muammolarni muhokamalarga aylantirishingiz mumkin. Aylantirishdan keyin, faqat muhokama sarlavhalari va sahifalar o'rtasidagi xaritani to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qiling, keyin giscus avtomatik ravishda muhokamalardan foydalanadi.
CONTRIBUTING.md ni ko'rib chiqing
Ushbu README quyidagi tillarda mavjud: